Rossiya Davlat dumasidagi 3ta fraksiya vakillari messenjerlardagi foydaalanuvçilar şaxsi aniq bölişini talab qiluvçi Federal qonun loyhasini quyi palata muhokamasiga kiritdi. «Yedinaya Rossiya», «Spravedlivaya Rossiya» va RFKP fraksiyalari hamkorligida tayyorlangan hujjat qisqa xabarlarni almaşişni yölga qöygan taşkilotçi qonunçilikka binoan şaxsi aniqlangan foydalanuvçilar xabarlarini yuborişga ruxsat berişni talab qiladi. 

Bunda şaxsni aniqlaşda esa, uning abonentlik raqamidan foydalaniş taklif etilmoqda. Buning uçun messenjerlik xizmatini körsatuvçi aloqa operatori bilan şartnoma imzolaşi kerak. 

Deputatlar, şuningdek, «messenjer»larga boşqa foydalanuvçilardan elektron xabar olişni rad etiş, davlat hokimiyati organlari taşabbusi bilan elektron xabarlarni tarqatiş imkoniyati berilişini talab qilişmoqda. 

Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qömitasi raisi Leonid Levinning aytişiça, «uşbu qonun loyihasining muhim yangiligi messenjerlar foydalanuvçilarining telefon raqamlari orqali majburiy aniqlanişini joriy qilişdir. Bu çora jinoyatçilarning terrorçilik aktlari va ta'magirlik harakatlarini sodir etiş va muvofiqlaştirişda imkoniyatlarini jiddiy çegaralaydi». Şu bilan birga, deputat «bu yönalişdagi qadamlar qonunga böysunuvçi fuqarolarning huquq va erkinlari çeklanişiga olib kelmasligi muhim ekani»ni ta'kidladi.