Forbes jurnali Global 2000 dunyoning eng yirik ommaviy kompaniyalarining yangilangan röyxatini taqdim etdi. Röyxatning boşida Xitoy va AQŞ xoldinglari joylaşgan.
Mazkur röyxatga 58 mamlakat firmalari kiritilgan, ularning umumiy daromadi - 35,3 trillion dollar, foydasi - 2,5 trillion dollarni taşkil qiladi. Röyxatdan örin olgan kompaniyalarning umumiy bozor qiymati 48,8 trillion dollardan iborat. Reyting iştirokçilari aktivlari jami 169,1 trillion dollarga baholanadi. Uşbu körsatkiçlar ötgan yilgiga nisbatan yuqori, bozor kapitalizatsiyasi 10 foizga ösgan, deya ta'kidlanadi Forbes'da.
Reytingni tuzişda daromad, foyda, aktivlar va bozor qiymati körsatkiçlari inobatga olindi.
Birinçi örin Xitoyning Sanoat va tijorat banki (ICBC)ga nasib etdi. Undan keyingi, ikkinçi örinni Xitoyning Quriliş banki egalladi. Uçinçi poğonada AQŞning Berkshire Hathaway kompaniyasi qayd etildi.
Keyingi örinlarda JPMorgan Chase (AQŞ), Wells Fargo (AQŞ), Xitoyning Qişloq xöjalik banki, Bank of America, Bank of China, Apple va Toyota Motor (ikkalasi 9-örinda) nomlari keltirilgan.
AQŞ va Xitoyning YaIM ösişi sekinlaşişiga qaramay, bu ikki mamlakat kompaniyalari röyxatdagi örinlarning 40 foizini egallagan.












