Xalqaro valyuta jamğarmasi Möğulistonda iqtisodiy islohotlarni rivojlantiriş böyiça qiymati 434,3 mln. dollar bölgan uç yillik dasturni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Jamğarmada Möğuliston iqtisodiyoti xomaşyo tovarlariga narxlarning keskin tuşib ketgani va mamlakat uçun muhim bölgan eksport bozorlaridagi ösiş sur'atlari pasaygani tufayli jiddiy zarar körgan, deb hisoblanmoqda.

Öz navbatida, mamlakat hukumati iqtisodiyotni tiklaş uçun dasturni amalga oşirmoqda. Şu tariqa, Möğulistonda islohotlarni moliyalaştiriş uçun ajratilayotgan mablağlarning umumiy hajmi 5,5 mlrd. dollarni taşkil etadi.

Möğuliston iqtisodiyotiga Osiyo taraqqiyot banki ham moliyaviy kömak körsatmoqda.