Angliyaning «Mançester Siti» klubi «Arsenal» himoyaçisi Ektor Bellerinni sotib oliş uçun qayta urinib körmoqçi. Bu haqda Tribuna.uz naşri yozmoqda.
Manba bergan xabarga köra, «Mançester Siti» Ektor Bellerin transferi böyiça rasmiy taklif bilan çiqqan. 22 yoşli ispaniyalik futbolçining muxlislaridan biri sanalgan «şaharliklar» ustozi Pep Gvardiola uni jamoada körişni istamoqda.
Mançester klubi rahbariyati ançadan buyon futbolçiga qiziqqan, biroq transfer böyiça rasmiy taklifni beriş uçun mavsum yakunini kutişgan. Hozirça transferning amalga oşişi qiyin bölişi taxmin qilinmoqda. Bunga futbolçining «Arsenal» bilan uzoq muddatli şartnomasi xalaqit berişi mumkin. Şuningdek, futbolçiga uning sobiq jamoasi «Barselona» ham jiddiy qiziqiş bildirmoqda.
Bellerinning boşlanğiç narxi 40 million yevrodan (34,5 million funt sterling) kam bölmasligi aytilmoqda. Odatda jamoalar himoyaçilar uçun bunça miqdorda pul tölab tavakkal qilişni istamaydi, ammo «Mançester Siti» ispaniyalik futbolçi uçun şunça mablağ sarflaşga tayyor bölib turibdi.
«Siti» şuningdek, «Benfika» qanot himoyaçisi Nelson Semeduga ham qiziqiş bildirgan. Biroq portugaliyalik futbolçi Bellerin «Arsenal»ni tark etişni istamasa zaxira varianti sifatida qaralmoqda.
Eslatib ötamiz, «Mançester Siti» öng qanot himoyasi uçun birinçi navbatda «Tottenhem» himoyaçisi Kayl Uoker nomzodini körib çiqmoqda. Bellerin va Semedu aynan Uokerga örinbosar bölişi kerak bölgan futbolçilar sifatida e'tirof etilgan.












