Mançesterdagi teraktni ijro etişda gumon qilinayotgan Salmon Abedining otasi Ramazon Abedi Liviya poytaxti Tripolida hibsga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinişiça, aksilterrorçilik bölimi Ramazon Abedini Tripoli yaqinidagi Ayn-Zardagi uyi yonida qölga olgan.
Guvohlarning ma'lum qilişiça, qurollangan kişilar uning qöliga kişan solib, özlari bilan olib ketişgan.
Avvalroq Mançester politsiyasi tvitterda Mançesterdagi maydonda teraktni amalga oşiriş işi böyiça 5-gumonlanuvçini hibsga olganini ma'lum qilgandi.
Ta'kidlanişiça, hibsga olingan erkak qölida bir paketni uşlab turgan. Erkak Mançesterdan 27 km uzoqlikda joylaşgan Uigan şahrida qölga olingan.












