AQŞ prezidenti Donald Tramp özining filippinlik hamkasbi Rodrigo Duterteni "giyohvand moddalarga qarşi aql bovar qilmas işi" uçun maqtadi. Bu haqda The New York Times naşri yozmoqda.

Duterte "giyohvand moddalar xalqining boşiga tuşgan balo ekanligi va öz fuqarolari salomatligini saqlab qoliş uçun barça işni qilişi" bilan javob bergan.  

"Bizda buni anglamagan prezident bölgan edi, men esa buni anglayman", deb aytdi Tramp AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamani nazarda tutib.

Ta'kidlanişiça, yuqorida keltirilgan parça Trampning Duterte bilan 29 apreldagi suhbati stenografiyasining bir qismi bölgan. Bu suhbatni Filippin taşqi işlar vazirligi departamenti oşkor qilgan. Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli vakili bu ma'lumotlar aniqligini tasdiqlagan.  

Avvalroq Tramp Duterte bilan suhbatda Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inni "aqldan ozgan" deb atagani ma'lum qilingandi.