Havo tozalovçi minora ixtiro qilib tillarga tuşgan ixtiroçi va dizayner Daan Rusegaard Pekindagi havo tozaligi uçun qayğurişda davom etmoqda.

Daanning vatani Niderlandiyada havoning ifloslangani masalasi kun tartibida bu qadar muhim bölib turgani yöq, şu sababli u bor kuç-ğayratini zarur hududlarda işlatişga qaror qilgan, Pekin esa havosi eng iflos şaharlardan biri sanaladi.

Biroq, tozalovçi minoralarni qayergadir joylaştiriş kerak, buning uçun katta yer maydonlari talab etiladi, tiğiz Pekinda buning iloji yöq. Şu sababli rassom inson nafas oladigan havoni tozalaşning yangi usulini ixtiro qilib, filtrlarni yanada ixçamroq körinişga keltirdi, endi uni, masalan, velosipedlarga örnatiş mumkin.

Xitoyda velosiped ijarasi xizmati juda rivojlangan, mamlakatda bu iş bilan şuğullanuvçi öttizdan ortiq yirik kompaniya bor. Ularning har biridagi velojamlanmalar soni yuz minglab velosipedlardan iborat. Xöş, nega endi ularning kiçikroq qismini tozalovçi qurilmalar bilan ta'minlamaslik kerak? 

Daan ixtiro qilgan havo tozalovçi minoralar havoga musbat ionlarni tarqatadi, u inson uçun zararli mitti va öta zararli zarralarga yopişadi va minora içiga söriladi. Bu texnologiyaga köra havoga tarqalgan, boşqa usul bilan yiğib bölmaydigan kiçik zarraçalar yiğiladi. 

Dizaynerning qayd etişiça, Xitoy bilan iş boşlaşiga sabab, bu mamlakatda hukumat velotransportning joriy etilişini tamoman qöllab-quvvatlab keladi, boz ustiga, Daaning jamoasi arboblar bilan ham tanişib olgan.