Turkiya Rossiya buğdoyi importiga, şuningdek kungaboqar yoğini bojxona tölovlarisiz yetkazilişiga nisbatan yangi çeklovlarni kiritdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Rossiya qişloq xöjaligi sohasi vakillarining sözlariga köra, mazkur çeklovlar haqida hozirça rasman ma'lum qilinmagan. Turk eksportçilarining aytişiça, uşbu taşabbus mamlakatning iqtisodiyot vazirligiga emas, ularning öziga tegişli. Ular vaziyat özgarişi mumkinligiga ham işora qilişgan.
Çeklovlarga doir ma'lumot yaqindagina ikki mamlakatning "özaro savdo-sotiq sohasidagi çeklovlarni bekor qiliş kompleks qarori"ga oid kelişuv fonida paydo bölgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva va Anqara savdodagi çeklovlarni bekor qiliş böyiça muzokaralar davom ettirilayotgani, kungaboqar yoğiga doir çeklovlardan xabari yöqligini aytgan.
22 may, duşanba kuni Rossiya va Turkiya Istanbulda savdodagi çeklovlarni bekor qilişga doir hujjatlarni imzolaşgandi. Şunday bölsa-da, RF boş vaziri Dmitriy Medvedev Turkiya pomidoriga nisbatan qöyilgan çeklovlar öz kuçini saqlab qolişini aytgan edi.












