Katta tezlikda harakatlana oladigan avtomobillar reytingi — ançayin nozik masala. Işlab çiqaruvçilar avtomobillarni ideal şaroitlarga ega sferik vaakum içida sinaşga urinib kelişadi, biroq bu şaroitni oddiy trassada, hattoki maxsus trekdayam amalga oşirişning iloji yöq. Biroq quyida tilga olib ötiladigan ön avtomobilning har biri şu yilning özida barça sinovlardan ötib bölgan — tezlikni yaxşi köruvçi uçarlar uçun ularning eng arzoni yarim million dollarga tuşadi, eng qimmati esa jiddiy bir firmaning bir yillik daromadi miqdoriga teng.

Ferrari 488 GTB

Maksimal tezligi: 350 km/soat

660 ot kuçiga teng quvvat 7800 aylanişda maşinani 3,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erişini ta'minlaydi. Ferrari 488 GTBning oxirgi tezligi — 350 km/soat. Albatta, şunçaga kötarişga jur'atingiz yetsa.

Pagani Huayra

Maksimal tezligi: 370 km/soat

Allaqanday 1,27 million dollar çoyçaqangiz bölsa, Pagani maşinasini bemalol xarid qilişingiz mumkin. Maşina Mercedes-AMGning 6 litr hajmga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan, kapoti ostidagi quvvat 720 ot kuçiga yetadi.

Zenvo ST1

Maksimal tezligi: 375 km/soat

Daniyaliklar maşina köp işlab çiqarişmaydi, lekin işlab çiqargan maşinasi borki jahon afkor ommasining diqqatini öziga qaratadi. ST1 Yangi Zelandiyada yiğiladi, u 6,8 litr hajmli, kuçaytiruvçi va turbokompressorli V8 dvigateliga ega. Bunday avtomobil bor-yöği 15 ta işlab çiqarilgan — garçi uni xarid qiliş uçun 1,22 million dollar töplay olsangiz ham, egasini sotişga köndirişingiz qiyin keçsa kerak.

McLaren F1

Maksimal tezligi: 386 km/soat