"Lukoyl" OAJ hammuassisi Vagit Alekperovning öğli Yusuf Alekperov Rossiyaning eng badavlat merosxörlari reytingida yetakçilik qilmoqda. Forbes jurnali yangi reytingi şundan dalolat beradi.

"Röyxatda 20 oila bölib, har bir bolaga kamida 2,3 milliard dollar töğri keladi. Bu oilalardagi bolalarning umumiy soni - 47 nafar", - deyiladi xabarda.

Yusuf Alekperov (1990 yilda tuğilgan) - 14,5 milliard dollar, "SUEK" va "SGK" kompaniyalari direktorlar kengaşi raisining qizi Tara Melniçenko (2012 y.t.) - 13,2 milliard dollar va "Novatek" OAJ boşqaruv raisi leonid Mixelsonning ikki farzandiga 9,2 milliard dollardan tegadi. 

Törtinçi örinda - "Alfa-Grupp" hammuassisi Aleksis Kuzmiçev (2009 y.t.) bölib, u 7,2 milliard dollarga ega böladi. Rossiyaning eng badavlat merosxörlari beşligini 6,8 milliard dollar bilan "Magnit" hammuassisining qizi Polina Galitskaya (1995 y.t.) yakunlaydi.

Umumiy statistikani ham keltiruvçi manbaga köra, "Forbes röyxatidagi 96 nafar rossiyalik milliarderning umumiy moliyaviy holati 386 milliard dollarni taşkil qilgan, umumiy hisobda esa - 274 bola. Boşqaça qilib aytganda, milliarderlar töplagan umumiy boyliklari hisobidan ularning har bir farzandiga örtaça 1,4 milliarddan töğri keladi".