Bugun 26 may kuni Gruziya respublikasi poytaxti va yirik şaharlarida Mustaqillik kuni munosabati bilan tantanali marosimlar va xalq sayillari bölib ötadi. Bu haqda Gruziya OAV xabar qilmoqda.
Bu yil bayram tantanalari "Men Rustaveli mamlakatidanman" şiori ostida taşkil etiladi. Şota Rustavelining maşhur "Yölbars terisidagi jangçi" poemasi bayramning asosiy mavzusi böladi. Bu yil, şuningdek, afsonaviy şoirning 850-yilligi nişonlanadi.
An'anaga köra, Gruziya poytaxti va uning Rustaveli nomidagi asosiy şoh köçasi tantanalar markaziga aylanadi. Aynan şu yerda Rustaveli şoh köçasi va Ozodlik maydoni örtasida köngiloçar tomoşalar va konsertlar taşkil etiladi. Har bir vazirlik bajargan loyihalari va amalga oşiradigan islohotlari xususida axborot beradi.
Gruziya hukumati bu yil ham sönggi bir neça yillarda kuzatilayotgani kabi harbiy parad ötkazmaydi. Buning örniga xalq sayillari taşkil etiladi. Ozodlik maydonida mahalliy vaqt bilan soat 12.00 (Toşkent vaqti bilan 13:00) 400ga yaqin yangi askar harbiy qasamyod qiladi, asosiy şoh köçada harbiy texnikalar namoyiş etiladi. Mamlakatning boşqa yirik şaharlarida ham harbiy eksponatlar namoyiş etiladi.
Bayram keçasi Gruziya şou-biznesi gala konserti bilan yakunlanadi. Unda Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili va boş vaziri Georgiy Kvirikaşvili ma'ruza qilişi belgilangan.












