Xitoyda barmoq izidan ham samaraliroq tizimdan foydalanilmoqda
|19:49 / 26.05.201718 50911 min
Xitoyning tanib oliş texnologiyalari bozorni tobora egallamoqda. U oilalarga yöqotilgan farzandlarni qaytarmoqda, undan hattoki KFC ovqatlaniş tarmoğida taom tanlaşda ham foydalanilmoqda.
Face++ yuzni tanib oliş tizimi xitoylik sayohni skanerlamoqda. Baidu kompaniyasi fotosi
2017 yilning mayida Xitoyda yaşovçi yigit Face++ yuzni tanib oliş tizimi tufayli oradan 27 yil ötib öz oilasi bilan topişgan. Baidu korporatsiyasi bu tizimni turli ijtimoiy sohalarda ilgari surayotganiga bir yildan oşdi. Tizim jamoatçilik joylarida işlatilmoqda, mijozlarning istagini tahlil qiliş uçun reklama maqsadlarida foydalanilmoqda.
Garçi ğarb davlatlari xizmatning yaratuvçilari foydalanuvçilarning şaxsiy muhitiga daxl qilişi mumkinligi borasida faol e'tiroz bildirib kelayotgan bölsa-da, xitoylik IT-ekspertlarning fikriça, uşbu texnologiya mamlakat xavfsizligi uçun muhim element sanaladi.
Bir öğrilik tarixi
Olti yoşli Fu Guyni 1990 yilda, Xitoyning Çontsing şahridagi maktabdan qaytayotganida öğirlab ketişgan. Noma'lum kimsalar uni Tsyuyçjou okrugiga keltirişgan va asrab olişga rozilik bergan ota-onasiga sotişgan. Uzoq yillar mobaynida bolakayning haqiqiy oilasi bilan boğlanişga imkoniyati bölmagan.
Bunday fojyealar Xitoyda tez-tez röy berib turadi. Turli hisob-kitoblarga köra, mamlakatda yiliga 10 mingdan 70 minggaça bola öğirlanadi. Aksariyat hollarda ular asrab oluvçi oilalarga pullansa, qul yoki fohişa sifatida ham işlatiladi.
Xitoyning oilalarni birlaştiruvçi eng maşhur jamoatçilik taşkiloti Baby Back Home (Baobeihuiji) deb ataladi. Şörlik ota-onalar yoki öğirlangan bola u yerga surat jönatişadi, taşkilot esa qidiruv bilan şuğullanadi.
Jarayonni tezlaştiriş maqsadida Baby Back Home yuzni tanib oliş tizimidan foydalana boşlagan. Foydalanuvçi kerakli insonning yoki özining fotosuratini kiritsa, tizim arxivdan ikkinçi tomon kiritgan, qidirilayotgan insonning öxşaş fotosuratlarini çiqarib bergan. Dastlabki ikki hafta davomida xizmatni 20 ming marta gadjyetlarga yuklab olişgan, ikki bola esa ota-onasini topgan. Tizimning bitta juz'iy kamçiligi bor edi — u faqat bir xil yoşdagi kişilarning fotosuratlarini taqqoslay olardi.
Mavzuga oid
Face++ yuz tanib oliş xizmatining iş sxemasi.
Baidu fotosi
2009 yilda ulğaygan Fu Guy özining 10 yoşdagi fotosuratini taşkilot ma'lumotlar bazasiga yuklaydi, biroq mos keluvçi rasm topilmaydi. 2017 yilning martiga kelib, Xitoyning eng yirik IT-kompaniyasi Baidu yuzni tanib oliş tizimi Face++ ni Baby Back Home’ga yangi taklif etadi. Kompaniyaning sözlariga işoniladigan bölsa, u fotosuratlardagi mos kelişlarni 99,77 foiz ehtimollik bilan töğri topadi. Taşkilot darhol yangi texnologiyaga rozilik beradi.
Bir neça oy ilgari Fu Guyning otasi uning 4 yoşdagi suratini tizimga yuklaydi. Baidu sun'iy idroki bir insonning olti yil farqi bilan tuşirilgan ikki fotosuratini töğri taqqoslay oladi va buni otaga ma'lum qiladi. 2017 yil bahorida Fu Guyning ota-onasi nihoyat öğlini videoaloqada körişadi va u bilan uçraşişadi. DNK testi ham ularning qarindoş ekanligini tasdiqlab beradi.
Guy onasi bilan videoaloqa orqali suhbatlaşmoqda.
Baidu fotosi.
Bozorning miqyosi
Sönggi bir neça yil içida yuzni tanib oliş texnologiyasi Xitoyda keng tarqalib, kuzatiş tizimlarida özining muqim örniga ega böldi. Şuningdek, undan maişiy hayotda ham foydalanilmoqda: uning yordamida hisoblarga karta va naqd pulsiz körinişda tölov qiliş mumkin, turli xizmatlardan avtorizatsiyadan ötiş mumkin. Texnologiyaning rivojlanib boriş fonida texnologiyaga oid naşrlar xizmat tez fursatlarda politsiya, bank, dökonlar va transport infrastrukturasi işini butkul özgartirib yuborişini ta'kidlaşmoqda.
Face++ — Xitoydagi yuzlarni tanib oluvçi maşhur dastur bölib, uning qiymati milliard dollarga baholanmoqda. Egasining boş ofisi Pekinda joylaşgan. Inson bu binoga kirganida dastur avtomatik ravişda uning yuzini 83 ta turli pozitsiyadan skanerlab, söngra içkariga kiritadi.
«Baidu Face++’dan insonlarning hayotini yaxşilaş maqsadida foydalanmoqçi. Yangi texnologiyalardan har doim u talab etilgan joylarda foydalana boşlanadi, söngra uning boşqa istiqbollari haqida öylanadi va jamoatçilikka foydasi baholanadi», — deydi Baidu kompaniyasi vakili.
Yuzni tanib oliş texnologiyasi Xitoyning bir neça maşhur ilovalarida muvaffaqiyatli qöllanilmoqda. Masalan, Alibaba xarid tizimiga qaraşli Alipay tölov xizmatida xaridni tasdiqlaş uçun foydalanuvçining yuzi skanerlanadi. Xitoyning yetakçi Didi taksi çaqiriş xizmati ham yölovçi buyurtmani tasdiqlaşi va haydovçining professional darajasini baholaşi uçun yuzni tanib oliş texnologiyasidan foydalanmoqda.
Pekindagi texnologiyalar körgazmasida yuzni tanib oliş xizmatini sinab körayotgan qiz.
China Group fotosi
Face++ mualliflarining fikriça, Ğarb davlatlaridagidan farqli ölaroq, Xitoyda yuzni tanib oliş texnologiyasiga katta işonç bilan qaraşmoqda. Mamlakatda hattoki fuqarolar fotosuratlarining markazlaştirilgan ma'lumotlar bazasi ham taşkil etilgan, undan politsiya kuzatuv kameralari yordamida gumonlanuvçilarni qidirişda foydalanadi. AQŞda, masalan, bunday yirik ma'lumotlar bazasi yöq.
Kompyuter texnologiyasi sohasi mutaxassisi, Pekin universiteti dotsenti Çjang Şiliang Xitoyda yuzni tanib oliş texnologiyasi bozori tobora kengayayotganini aytadi. Uning sözlariga qaraganda, Xitoy uçun aholi ziç joylaşgan bu davlatda xavfsizlikni qöşimça ta'minlovçi tizimni rivojlantiriş juda muhim.
Aeroport va hojatxonalardagi skanerlar
Pekindagi Samo Ibodatxonasi sayyohlik zonasida Face++ tizimidan jamoat hojatxonalaridan mahalliy aholi tomonidan hojatxona qoğozi öğirlanişiga qarşi kuraşiş uçun foydalaniladi. Qoğoz solingan konteyner ham mö'jaz kamera bilan jihozlangan, u yuzni 30 soniya skanerlab, 60 sm uzunlikda qoğoz çiqarib beradi. Yangi qoğoz oliş uçun 9 daqiqa kutiş kerak. Xitoy hukumatining tasdiqlaşiça, bunday qurilmalar örnatilganidan uç kun ötgaç, jamoat hojatxonalarida qoğoz sarfi beş martaga qisqargan.
Pekindagi kamera bilan jihozlangan hojatxona qoğozi çiqarib beruvçi konteyner.
BBC fotosi
2016 yilning noyabridan boşlab yuzni tanib oliş tizimi bilan Xitoyning turistik osori-atiqalar hududlari jihozlana boşlandi: Ularga kiriş çoğida odamlar endi çipta yoki guvohnoma körsatişmaydi, şunçaki ularning yuzi skanerlanadi. Tizim mehmonxonalarda ham şu tariqa işlaydi. Barmoq izidan foydalaniş amaliyoti juda noqulay edi: skanerlar sekin işlar, insonlardan iborat navbatlar hosil bölar edi. Face++ tizimi undan karrasiga yaxşiroq işlamoqda. Skanerlaş mobaynida uskuna yuzning mimikalarini ham hisobga oladi, xullas kameraga fotosuratni taqdim etib, uni aldaş mumkin emas.
Tayvan va Hongkong aeroportlarida ana şunday yuz skanerlaridan foydalanilmoqda. Tizim, agar biometrik pasporti bölsa, 12 yoşdan katta insonlarning yuzini xotirasiga muhrlab qoladi. Bunday xizmatlardan ayni damda Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur va AQŞda foydalanilmoqda.
Universitetlardagi skanerlar
Siçuan universitetida öqituvçilardan biri öz ma'ruza darsida talabalarning reaksiyasini kuzatiş uçun yuzni tanib oliş texnologiyasidan foydalanib kelmoqda. Dastur har bir talabaning yuz ifodasiga köra, uning qiziqişining interaktiv grafigini quradi. Tizim muallifining sözlariga köra, u talabalarning mavzuga jalb qilinganlik darajasini aniqlaşda kömaklaşadi.
2017 yilning aprelida Pekin pedagogika universiteti qizlar yotoqxonasida begonalarning taşrifidan himoyalaş maqsadida yuzni tanib oliş texnologiyasini joriy qiladi. Agar texnologiya foydali, deb topilsa, uni yana önta universitetda joriy qilişmoqçi.
Yotoqxonaga kiriş uçun qizlar öz ism-familiyasini aytib, identifikatsion kartasini körsatib, skanerlaniş uçun kameraga qaraşlari kerak böladi. Agar kirişga ruxsat berilsa, tizim: «Uyga xuş kelibsiz!» deydi. Yotoqxonadan çiqişda u qizlarga doimo gözal bölib yurişlarini uqtiradi. Agar talaba qiz yotoqxonaga 24 soatdan ortiq vaqt içida taşrif buyurmasa, tizim universitet rahbariyatini bundan xabardor qiladi.
Formal jihatdan texnologiya qayddan ötmagan insonga yotoqxonaga kirişni taqiqlay olmaydi — u eşiklarni yopib qöyişi yoki qoidabuzarni boşqa yöl bilan töxtatiş imkoniyatidan mahrum. Lekin u yotoqxona bösağasidagi har bir kişini suratga tuşiradi, qoidabuzarlik röy berganida suratini universitet qöriqçilariga jönatadi.
Kafedagi skanerlar
2017 yil yanvaridan Baidu kompaniyasi KFC tezkor ovqatlaniş tarmoğining Pekindagi restoranlari bilan hamkorlik qilmoqda. Reklama ekranlariga joylaştirilgan yuzni tanib oliş tizimi taşrifçining yoşi va kayfiyatiga qarab taom taklif qilişga örgatilmoqda. Xizmat örtaça statistik 20 yoşli yigitga qovurilgan kartoşka, göştli gamburger, tovuq qanotçalari hamda gazlangan suv, 50 yoşli ayolga esa bötqa va soya sutini taklif etişi mumkin.
KFC xodimi yuzni tanib oliş tizimi işini namoyiş qilmoqda.
Emi Houkins fotosi, The Guardian
Britaniyaning The Guardian naşri jurnalisti Emi Houkins tizim işlaşini sinab köradi va tizim mijozning taşqi sifatlariga e'tibor bermasdan natija çiqarişi, xususan, ba'zan yoşni notöğri aniqlaşini tasdiqladi. Agar taklif qilingan buyurtma mijozni qoniqtirmasa, u boşqa variantni tanlaşi mumkin. Boşqaça qilib aytganda, texnologiya mijozga menyuning qisqartirilgan versiyasini taqdim etadi.
Tizim töldirib borilmoqda, şu sababli hozirça afzalliklarni esda yaxşi saqlab qola olmayapti. Ayni paytda taşrifçilar qurilmadan kam foydalanmoqda va kassirlar oldida navbatda turişni afzal körişmoqda, biroq Baidu kelajakda ança samarali texnologiyani işga tuşirişni möljallamoqda.
Insonlar tobora özi şaxsiy hududiga daxl qilişlariga norozi bölib borayotgan jamiyatda Face++’ning kelajagi qanday bölişi noma'lum. 2017 yil 10 mayda Norvegiya poytaxti Oslo şahrida mahalliy pitssaxonalardan birida mijozning taomlar borasidagi didi haqida axborot töplay boşlagan mana şunday xizmat tufayli mojaro kelib çiqqan.
Xitoyda ham ana şunday mojarolar kelib çiqişidan ogohlantirib, Baidu rahbariyati yiğilgan ma'lumotlardan mijozlarni kuzatuv ostiga oliş emas, faqat kompaniya xizmati samaradorligini oşiriş yölida foydalanilişiga işontirmoqçi bölayapti.
The Guardian jurnalistining ehtimolli kuzatuv haqidagi fikrlarini biliş uçun bergan savoliga javoban: «Xitoyda baribir senda şaxsiy hayot bölmaydi», — degan Pekindagi KFC restorani taşrifçisi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi