Madagaskarning 25 mlnlik aholisi orasida musulmonlar uluşi köpaymoqda.

Rasmiy statistikaga köra, 2010 yilda bu orol davlat aholisining 1,1 foizini musulmonlar taşkil qilgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç 15 foizga yetgan.   

Madagaskarning 49 yoşli fuqarosi Jan-Jak Revana "Anadolu" axborot agentligiga qanday qilib islomga kirgani haqida gapirib berdi. 
 
Uning aytişiça, 15 yil avval u nasroniylik diniga ibodat qilgan va muntazam ravişda katolik çerkovga qatnagan, biroq şu bilan birga boşqa dinlarga ham qiziqiş bildirgan.

"Islom dini menda köproq taassurot qoldirdi va men haqiqiy musulmonga aylandim", deb aytmoqda Revana.

Revananing ta'kidlaşiça, u islomda gözallikning ma'naviy va ijtimoiy ma'nosini anglagan.   

"Qur'onni örganib, men muqaddas kitobdagi barça amallarga rioya qilişni va bu bilan yaşaşni boşladim", deb eslamoqda Revana.

Uning ta'kidlaşiça, u islomni qabul qilgunça notöğri hayot keçirgan, turli yoşlar taşkilotlari a'zosi sifatida köplab bezoriliklarda iştirok etgan.     

"Islom mening hayotiy qaraşimni özgartirdi, çunki u sayyoramizdagi eng tinçliksevar din hisoblanadi", deb aytmoqda Revana.