Misrda jangarilar xristianlar avtobusiga öt oçdi, hujum oqibatida halok bölganlar soni 20 nafardan oşiq, şuningdek, 25 kişi jarohatlangan.
Al-Yawm al-Sabi saytida tibbiyot xodimlariga asoslanib yozilişiça esa hujum qurbonlari soni 24 nafar, yana 26 kişi jarohatlangan.
Koptlarga hujum Qohiradan 250 km masofadagi Al-Minya şahrida röy bergan, bu vaqtda avtobus Muqaddas Samuil monastiriga tomon harakatlanayotgandi.
Youm7 portali ma'lumotiga köra esa avtobus Beni-Sueyf viloyatidan Al-Minyaga qaytayotgandi.
Reyter agentligi Al-Minya gubernatoriga asoslanib xabar berişiça, qurbonlar soni 23 nafar, 25 kişi jarohatlangan.
Hozirça hujum qiluvçi tomon haqida aniq ma'lumot yöq.












