Misr boş muftiysi Şauki Allam juma kuni xristianlarning avtobusiga uyuştirilgan hujumni qattiq qoraladi va bu hujumni uyuştirgan terrorçilarni dinga xiyonat qilişda aybladi.
Mamlakat boş diniy rahnamosining sözlariga köra, bu "jirkanç hodisa"dir.
"Bu xoinlar dinning va insoniy qadriyatlarning barça tamoyillarini toptaşmoqda. Ular öz terrorçilik harakatlari bilan begunoh kişilarni öldirişmoqda va bizning vatandoş birodarlarimiz bölmiş xristianlar bilan munosabatlarni buzişmoqda", deyilgan Misr boş muftiysining bayonotida.
Bugun tongda Misr markazida, Muqaddas Samuil monastiri joylaşgan hududda 3ta avtomobilda bölgan noma'lum şaxslar Al-Minya viloyatidagi Al-Addava aholi punktidan Beni-Sueyfadagi monastirga ketayotgan koptlarning avtobusini avtomatlardan öqqa tutdi. Uşbu hujum oqibatida halok bölganlar soni 28 nafarni taşkil qilmoqda, şuningdek, 20 kişi jarohatlangan. Qurbonlarning aksar qismi bolalar bölgan.












