Misrning markaziy qismida xristian-koptlar avtobusiga uyuştirilgan hujum qurbonlari soni 28 nafarni taşkil etmoqda, ularning aksari bolalardir. Bu haqda hodisa röy bergan Al-Minya viloyati gubernatori Isam al-Bad'yaviyga asoslangan holda ON-TV telekanali efirida ma'lumot berildi.

"Ayni vaqtga kelib, Al-Minyadagi şifoxonada uşbu hujum oqibatida qurbon bölgan 28 kişining jasadi bor", degan gubernator.

Bundan avvalroq Misr Soğliqni saqlaş vaziri 26 qurbon haqida aytgandi, koptlar çerkovi vakili esa hujum qurbonlari soni 35 kişi ekanini ma'lum qilgan.

Juma kuni tongida 3ta avtomobilga mingan noma'lum şaxslar guruhi Beni-Sueyf monastiriga ikki avtobusda yöl olgan koptlarga hujum uyuştirdi.

Taxmin qilinişiça, kolonnada avtobusdan taşqari mikroavtobus va oçiq yukxonali jip ham bölgan. Avtobusda 40 nafar bola bölgan.