2017 yil 21 may kuni soat 22-30larda muqaddam sudlangan Qodirov Jahongir Toşkent şahri Şayxontohur tumani hududida fuqaro B.ning qölidagi sumkasini va içida bölgan 380 ming söm naqd pulni talonçilik yöli bilan egallab olgan. U hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölgan vaqtda şu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan içki işlar xodimlari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olingan. 

Qodirovga nisbatan Şayxontohur tumani içki işlar boşqarmasi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi, ya'ni talonçilik alomatlari bilan jinoiy iş qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Şu munosabat bilan Toşkent şahar IIBB uşbu fuqarodan aziyat çekkanlar bölsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin oradagi içki işlar idoralariga murojaat qilişlarini sörab qoladi.