Misrda xristian ziyoratçilarning ikki avtobusi portlatilişi oqibatida kamida 26 kişi halok bölib, 26 kişi jarohatlandi. Jarohatlanganlarning köpçiligi oğir ahvolda qolmoqda. Ba'zi manbalarga köra, qurbonlar soni 35 nafarga yetgan. qurbonlar orasida bolalar ham bor.

Bugun, 26 may kunining birinçi yarmida Al-Minya viloyati hududida Muqaddas Samuil monastiriga yöl olgan xristian-koptlarga ikki yöltanlamas avtomobilda bölgan kamida 10 jangari hujum qilgan. Bu hujum Misrda kamçilikni taşkil qiluvçi koptlarga qilingan navbatdagi yirik hujum böldi. Avtobuslardan birida 40 nafar bola bölgan, ikkinçisida yoşi kattalar joylaşgandi.
Hozirça bu hujum uçun heç bir guruh mas'uliyatni zimmasiga olmadi.
Ayni vaqtda hodisa hududi örab olingan, hujum qiluvçilar qidirilmoqda.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy uşbu hodisa tufayli mamlakat milliy xavfsizlik xizmatining şoşilinç yiğilişini çaqirdi.

Misrda 9 millionga yaqin xristian yaşaydi. Ularning aksari kopt mahzabida. Bu toifa oxirgi vaqtlarda köp marta hujumga yöliqmoqda.
9 aprel kuni koptlarda seriyali hujumlar uyuştirilgandi. Öşanda Tantdagi Muqaddas Georgiy va Aleksandriyadagi Muqaddas Mark çerkovlariga xudkuş terrorçilar hujumlar qilgandi. Oqibatda 40dan ortiq kişi halok bölib, 100dan ortiq kişi jarohatlangandi. Bu hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.
2016 yilning dekabrida esa Qohiradagi koptlar soborida portlaş röy bergan, hujum oqibatida 22 kişi halok bölib, 57 kişi jarohatlangandi.











