Saudiya Arabistoni Ramazonning birinçi kuni 27 may, şanba kuni bölişi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi. 

Saudiya Arabistoni Oliy sudi 26 may, juma kuni Şabon oyi tugaşi va 27 may, şanba Ramazonning birinçi kuni bölişini e'lon qildi. 

BAA Oyni kuzatiş qömitasining ma'lum qilişiça,  payşanba kuni keçqurun mamlakatda Ramazonning boşlanganini anglatuvçi yarim oy körinmagan.

Qömita 26 may, juma kuni kuzatuvni davom ettirişni  rejalaştirgan. 

Bundan avval Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida»gi qarori e'lon qilingani haqida xabar berilgan edi. Unda 2017 yil muborak Ramazon oyining boşlanişi 27 may kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uçun qabul qilingani aytilgan edi.

Ta'kidlaş joizki, Ramazon islom taqvimidagi töqqizinçi oy hisoblanadi.