Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori böyiça Qaror qabul qildi.
1.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uçun Zakot nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi örtaça narxi 185 000 (bir yuz sakson beş ming) söm ekanligini e'tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (ön beş million yetti yuz yigirma beş ming) söm ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya'ni 393 125 (uç yuz töqson uç ming bir yuz yigirma beş) söm zakot çiqariş töğrisidagi miqdor ma'qullansin!
2. Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, şahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. buğdoy narxidan kelib çiqqan holda belgilansin! (Masalan 2017 yilda Toşkent şahar bozorida 1 kg. buğdoyning narxi örtaça 3.000 söm bölsa, demak 2 kg. buğdoy narxi 6.000 söm böladi).
3. Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan röza tutolmaydigan kişilar uçun bir oç odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bölib, örtaça 12.000 (ön ikki ming) söm deb belgilansin!
Özbekiston musulmonlari idorasi
ulamolar kengaşi raisi, muftiy
Usmonxon Alimov












