Suriyaning Halab şahrida terrorçilardan ozod qilinganidan keyin birinçi ekskursiya uyuştirildi. Şaharning eski qismiga butun mamlakatdan öquvçilar va talabalar taklif qilindi. Sayyohlar orasida uruş vaqtida öz uyini tark etib, köçib ketişga majbur bölgan Halabning tub aholisi vakillari ham bölgan.

5 yil içida şahar terrorçilar qölidan jiddiy zararlangan. Jahon arxitekturasining köplab durdonalarini restavratsiya qilişga  töğri keladi. Biroq deyarli tegilmagan diqqatga sazovor joylar ham talaygina. Misol uçun, ular orasida 715 yilda qurilgan masjid, Halabning boş qal'asi va ulkan amfiteatr bor.

Suriyadagi uruşgaça bu şahar mamlakatning asosiy sayyohlik markazlaridan biri bölib, unga har yili 7 mln ga yaqin odam taşrif buyurgan.