Buyuk Britaniyada terrorçilik tahdidi darajasi pasaytirildi. Mamlakat boş vaziri Tereza Mey şunday bayonot bilan çiqqan.

BBC’ning xabar qilişiça, tahdid maksimumdan jiddiy darajagaça tuşirildi.

Avvalroq ba'zi OAV Mançester tumanlaridan birida stadiondagi terakt işi böyiça amaliyot tufayli evakuatsiya ötkazilayotgani haqida xabar bergandi.

Eslatib ötamiz, 22 may kuni keçqurun amerikalik qöşiqçi Ariana Grandening konserti davomida portlaş yuz bergandi, oqibatda 22 kişi halok bölib, 120 kişi jabrlangan.

23 may kuni esa Mey terrorçilik tahdidini jiddiydan maksimum darajaga qadar oşirdi.