"Katta yettilik" a'zolari Italiyaning Taorminidagi sammitda mamlakatlardagi migratsiya muammosini bartaraf qilişga şaroitlar yaratiş uçun hamkorlik aloqalarini örnatişga kelişib olişdi. Bu haqida RIA "Novosti"da xabar berildi. 

G7 a'zolarining ta'kidlaşiça, yirik kölamli migratsiya dunyo trendiga aylandi, uni boşqariş xalqaro va milliy miqyosda muvofiqlaşgan harakatlarni talab qiladi. 

"Biz şuningdek, qonuniy, tartibli va xavfsiz migratsiyani ta'minlaş uçun davlatlar oqimlarni boşqariş böyiça mas'uliyatni taqsimlaşi kerakligini tan olamiz", - deyildi sammitda. 

"Yettilik" mamlakatlari yetakçilari migrantlarga yordamlaşiş zaruratini anglaş bilan birga davlat rahbarlarining öz çegaralari ustidan nazorat qiliş va qoçqinlar qabul qiliş limitlarini belgilaş huquqini tasdiqlaşdi.