Kosta-Rikada puşti ananaslarni yetiştiriş böyiça 12 yillik tajriba öz yakuniga yetdi. Olimlar tomondan ötkazilgan murakkab tajribalar muvaffaqiyatli yakunlanib, antiqa rangli ananas sotuvga çiqarildi. Puşti ananas eng köp suratga olinuvçi va eng  instagrambop meva deb e'tirof etila ham boşlandi.

Puşti ananasni yetiştiriş bilan köp yillar davomida Del Monte Foods kompaniyasi şuğullangan. 2016 yil oxirida kompaniya vakillari yangi meva xalqaro sifat sertifikatini olganini ma'lum qilişgan. Joriy yil may oyida kompaniya xodimlari puşti ananaslar boşqa davlatlarga yetkazilişga tayyorligini tantanali ravişda e'lon qilişdi.

Noodatiy ananasning ilk xaridorlari tomondan uning instagramda çop etilayotgan suratlariga köra, ananas Janubiy Amerika, Gavayi va AQŞning Florida ştatida sotilmoqda. E'tiborlisi, uşbu antiqa ananas nafaqat oziq-dökon dökonlarida, balki gul dökonlarida ham taklif qilinmoqda: undan turli kompozitsiyalarni yaratişda foydalanilmoqda.