Alloh Qur'oni Karimning Baqara surasi 183-184-oyatlarida şunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar, taqvoli kişilar bölişingiz uçun sizlardan oldin ötganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda röza tutiş farz qilindi. Endi sizlardan biror kişi kasal yoki musofir bölsa, u holda (röza tutolmagan kunlarining) sanoğini boşqa kunlarda tutadi”.
Oyatning sözlariga e'tibor qaratadigan bölsak, Ramazon oyidagi kunlar sanoqli, çegaralangan. Bundan kelib çiqadiki, mana şu kunlarda har bir inson yaxşi amalda bölişi, qalbini poklaşi va qilgan gunohlari uçun tavba etişi zarur. Çunki uşbu muborak oyning kunlari sanoqli, uning har bir kuniga yoğdiriladigan baraka, yaxşilik va omonlik doimiy emas.
"Bahjatul anvar" kitobida quyidagiça naql keladi: Rözani öttiz kun qilib belgilanişidagi hikmat şuki, aytişlariça otamiz Odam jannatda özlariga man qilingan daraxt mevasidan yeb qöygaç, u yemiş öttiz kun qorinlarida qoldi. Söngra Allohga tavba qildilar. Şunda Alloh unga öttiz keça-kunduz röza tutişni buyurdi. Çunki dunyoning lazzati törttadir. Birinçisi yeyiş. Ikkinçisi içiş. Uçinçisi jimo'. Törtinçisi uyqu. Bu lazzatlar bandani Allohdan tösuvçidir. Alloh taolo Hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning ummatlariga fazl-karami bilan faqat kunduz kuni röza tutişni farz qilib, keçqurunda yeb-içişga ruxsat berdi.
Şu sababdan inson Ramazon oyida özi uçun, oxirati uçun zarur bölgan foydalarni bilib olişi kerak. Aslini olganda uşbu oyda olinadigan foydalar juda köp, çunki Yaratganning özi bu oyda qilingan har bir yaxşi amalga ming savob qöşib yozadi. Quyida keltiriladigan foydalar esa ana şularning eng a'losi va e'tibor qaratiladigan tavsiyalardir.
1. Gunohlarning mağfirat qilinişi

Inson bolasi bor-ki, bilib yoki bilmasdan gunohga qöl uradi. Ammo barça ham bu qilgan işiga astoydil tavba qilmaydi. Köngli ğaş bölsada, yana öz hayoti yölida davom etib ketaveradi. Ramazonning eng katta foydalaridan biri – şu oyda astoydil tavba qilişdir. Çunki "Zubdatul voiziyn" kitobida quyidagi hadis keltiriladi: Abu Hurayra (r.a.) Payğambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisda aytilganki: “Kim Ramazon oyi rözasini iymon va ixlos bilan tutsa, uning oldingi gunohlari keçiriladi”. Demak bu juda katta imkoniyat, ana şu imkoniyatdan foydalanib ham gunohlardan poklaniş, ham savobga ega böliş mumkin.
2. Allohning özidan mukofot oliş















