Buyuk Britaniya şahzodasi Uilyam 17 yoşli çökayotgan ösmirni qutqariş operatsiyasida iştirok etdi, biroq operatsiya muvaffaqiyatsiz yakunlangan va ösmir çökib ketgan. Ösmirning jasadi bir soatdan keyin topilgan, deb yozmoqda The Telegraph naşri.

Voqea 26 may kuni London yaqinidagi Li Velli boğidagi kölda yuz bergan. Ösmir köl örtasidagi orolçaga suzib yetib olmoqçi bölganda çökib ketgan.

Favqulodda xizmatlarga kölda ösmir çökayotgani haqida xabar kelib tuşgandan keyin şahzoda Uilyam tez yordam vertolyotini boşqarib voqea joyiga yöl olgan. Uşbu holat tasvirlangan videoda şahzoda vertolyotni qöndirgaç, voqea joyiga şoşilgança yöl olganini köriş mumkin.

Guvohlarning aytişiça, voqea joyiga ikkita vertolyot kelgan, ulardan biri politsiyaga tegişli bölgan.   

Ta'kidlanişiça, maydoni 40 kvadrat km ni taşkil qiladigan Li Velli boğida çömiliş taqiqlangan bölgan.  

Buyuk Britaniya valiahd şahzodasi Uilyam 2008 yilda uçuvçi sertifikatini olgan. U söngra qirollik harbiy-havo kuçlarining qidiruv-qutqaruv kuçlarida xizmat qiliş uçun vertolyotda parvoz tayyorgarligidan ötgan. Uilyam 2011 yilda rossiyalik dengizçilarni çökayotgan Swanland kemasidan qutqariş operatsiyasida iştirok etgan. U Britaniya armiyasidan 2013 yilda ketib, fuqarolik uçuvçisiga qayta öqib, 2015 yilda Şarqiy Angliya sanitar aviatsiyasida işlay boşlagan.