Fransiyaning sobiq prezidenti, marhum Şarl de Gollning Fransiyaning şimoli-şarqidagi Kolombe-lyo-dyoz-Egliz kommunasidagi qabri vandallar tomondan vayron qilindi. De Goll dafn qilingan qabristonda, şuningdek uning rafiqasi va qizi qabrlari ham bor.
Vandallar 27 may keçki vaqt qabristonga kirib, qabrda örnatilgan xoçni ağdarib taşlaşgan. Buning oqibatida u örtasidan parçalanib ketgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, vandallar ikki kişi bölgan. Qolgan qabrlarga şikast yetkazilmagan. Hozir voqea tergov qilinmoqda.
Şarl de Goll Fransiyaning 20-asrdagi eng muhim şaxslaridan biri hisoblanadi. Ikkinçi jahon uruşi vaqtlarida u fransuz qarşiligi ramziga aylangan. De Goll Beşinçi respublikaga asos solgan va uning birinçi prezidenti bölgan. U mamlakatni 1959-1969 yillar davomida boşqargan. U keng vakolatlar olib, AQŞ va sobiq Ittifoqning dunyodagi hukmronligi ğoyasini inkor etib, fransuzlarga jahon sahnasida mustaqil ovoz huquqini bergan öziga xos taşqi siyosat olib borgan.
General de Goll 1970 yilda vafot etgan.











