Italiyaning Taormina şahrida "Katta yettilik" (G7) sammiti yaunlandi. Sammit iştirokçilari yakuniy deklaratsiyani qabul qilişdi. Unda terrorçilikka qarşi kuraşning muhimligi, Suriya va Iroqda IŞIDga qarşi kuraşni kuçaytiriş, şuningdek, Minsk kelişuvlari bajarilmasa, Rossiyaga qarşi sanksiyalarning kuçaytirilişi mumkinligi ta'kidlab ötildi.
Sammitda AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya yetakçilari iştirok etişdi. Ular terrorçilikka qarşi kuraş, iqlim özgarişi, migratsiya inqirozini hal qiliş, Afrika davlatlariga epidemiyalar va oçarçilikka qarşi kuraşda yordam beriş masalalarini muhokama qilişdi.
Yakuniy deklaratsiyada "yettilik" davlatlari Ukrainani qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqlaşdi va Rossiya uşbu davlatdagi ixtilof uçun javobgar ekanligini ta'kidlab ötişdi.
Sammit iştirokçilari IŞID manfaati yölida jinoyat sodir etuvçilar va kimyoviy qurol qöllovçilarni jazolaşga çaqirişdi. Ular, şuningdek, Rossiya va Erondan öt oçişni töxtatiş tartibini kuçaytiriş uçun Suriya rahbariyatiga ta'sir ötkazişni talab qilişdi.
Jurnalistlar e'tiborini forumning yangi iştirokçilari – AQŞ prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tortdi. OAV bu ikki davlat rahbarlarining rafiqalari qanday kiyimda ekanliklariga e'tibor qaratişdi, ularning kiyimlari narxini taqqoslaşdi va rasmiy tadbirlarda iştirok etişlarini kuzatişdi.
Tramp sammitning 2-kuni uçraşuvga bir soatlik keçikiş bilan keldi. Bundan taşqari, u Italiya boş vaziri Paolo Jyentiloni sammitni italyan tilida oçayotganda tarjima uçun möljallangan quloqçinlardan foydalanişni joiz körmadi.
Bunday tadbirlar uçun an'anaviy bölib qolgan norozilik namoyişlari ham bölib ötdi. Barça xavfsizlik çoralariga qaramasdan, sammit osoyişta aksiyalar bilan bir qatorda huquq-tartibot idoralari kuçlari bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgan norozilik namoyişlari bilan keçdi.
26 may kuni Greenpeace faollari sammit ötayotgan joy yaqinidagi Jardini-Nakso şaharçasida dengiz böyida qutqaruv jileti kiydirib qöyilgan AQŞdagi Ozodlik haykalining 4 metrlik nusxasini örnatişdi. Norozilik namoyişi taşkilotçilarining aytişlariça, ular şu tariqa siyosatçilar va jamoatçilikning e'tiborini iqlim özgarişi va dunyo okeani sathining kötarilişiga qaratişmoqçi bölişgan.












