AQŞ prezidenti Donald Tramp dunyo qoidalarini buzmaydi, deb hisoblaydi Fransiya yetakçisi Emmanuel Makron. Corriere della Sera gazetasi şu haqda xabar berdi.

"Tramp dunyo, şu jumladan erkin savdo sohasidagi qonun-qoidalarini buzmaydi. U qandaydir ikki tomonlama kelişuvlarni qayta körib çiqişi mumkin, lekin köp tomonlama bitimlarini hurmat qiladi. Jahon savdo taşkiloti  qoidalari muhokama qilinmaydi", - dedi Makron.  

U şuningdek Amerika prezidentini qat'iy va kuçli şaxs sifatida e'tirof etdi. "Şu bilan birga u oçiq va pragmatik hamdir. Eşita oluvçi va töğrisini gapiruvçi haqiqiy realist", - dedi Fransiya prezidenti.

Makronning sözlariga köra, Taormindagi G7 sammitida demokratiya yetakçilari qadriyatlar jamiyati qanday bölişini namoyon qilişdi, Tramp ham buning bir bölagidir.

"U çetda turmaydi, u öz rolini bajaradi", - deya ta'kidladi fransuzlar rahbari.

27 may kuni Italiyaning Taormin şahrida "Katta yettilik" sammiti bölib ötdi.