Volkswagen avtokonserni allaqaçon işlab çiqarilişi töxtatilgan "Moskviç" rusumidagi avtomobillarni qayta işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.
Kompaniya "Moskviç" brendi uçun barça huquqlarni yaqin 5 yil uçun sotib olgan.
Ma'lum qilinişiça, işlab çiqariş Kaluga zavodida yölga qöyilişi mumkin. Ta'kidlanişiça, nemis kompaniyasi modelning sedan körinişidagi variantini işlab çiqarmoqçi.
"Moskviç"larni işlab çiqargan kompaniya kasodga uçrab, 7 yil avval tugatilgan. Oxirgi "Moskviç-2141" avtomobili 2001 yilda konveyerdan çiqqan.
Mutaxassislar nemis kompaniyasining bu ğoyasini kreativ deb hisoblamoqdalar va u ayni vaqtda Rossiyaga e'tibor kuçaygani ortida iş berişi mumkin.












