Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning sentabr oyida AQShga rasmiy tashrifni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati rahbari Asad Xo‘jayev bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar berdi.
Tashrif 13 sentabrda bo‘lishi ehtimoli yuqori, shu kuni Nyu Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi yig‘ilishining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Prezident tashrif doirasida AQSh rahbari bilan ham uchrashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hamda Donald Tramp 21 may kuni Ar-Riyodda arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida ilk marta uchrashgandi. Aynan shu uchrashuv vaqtida bo‘lajak tashrif bo‘yicha kelishib olingani ehtimoldan xoli emas.
Ma'lum bo‘lishicha, Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi haqida ham o‘z fikrlarini aytib, mazkur dastur o‘zining ahamiyatli natijalarini berishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025