AQŞ prezidenti Donald Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan muloqot çoğida Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralarning yangi bosqiçi 3 avgust kuni start olişini bildirdi.
Trampning aytişiça, Oq uy Eronga qarşi navbatdagi harbiy zarbalarni amalga oşirişdan vaqtinça voz keçgan. Bu qaror diplomatik muzokaralarga imkoniyat yaratiş va mojaroni tinç yöl bilan hal etiş maqsadida qabul qilingan.
«Bu köplab insonlarning hayotini saqlab qoladi», - dedi AQŞ prezidenti.
Uning ta’kidlaşiça, ehtimoliy kelişuv nafaqat Eron yadroviy dasturi, balki jahon neft taşuvida muhim ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğozi bilan boğliq masalalarni ham qamrab olişi mumkin.
«Men kelişuvga erişişni afzal köraman. Men odamlarni öldirişni yoqtirmayman», - dedi Tramp. Şu bilan birga, u zarurat tuğilsa, AQŞ istalgan vaqtda Eronga qarşi yangi harbiy amaliyotlarni boşlaşi mumkinligini ham qayd etdi.
Bir kun avval Tramp AQŞ va Isroil Eron hamda Yaqin Şarq davlatlarining murojaatidan söng Tehronga rejalaştirilgan navbatdagi hujumni keçiktirganini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, Vaşington Eronga qarşi Ikkinçi jahon uruşidan buyon kuzatilmagan darajadagi harbiy kuç işlatişga tayyor bölgan, ammo «butun dunyo kelajagi manfaati yölida» va Eron bilan kelişuvning asosiy şartlari muvofiqlaştirilgani sababli bu rejadan vaqtinça voz keçilgan.
Ma’lumot uçun, AQŞ avval ham Eronga qarşi rejalaştirilgan zarbalarni bir neça bor ortga surgan. 2026 yil iyun oyida Vaşington va Tehron örtasida 60 kunlik öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini boşlaşni nazarda tutuvçi anglaşuv memorandumi imzolangan edi. Biroq keyinçalik AQŞ Eronni kelişuv şartlarini buzganlikda ayblab, harbiy amaliyotlarni qayta tiklagan.
Sönggi zarbalardan biri 30 iyul kuni amalga oşirildi. AQŞ harbiylari Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining önlab ob’yektlari, jumladan qömondonlik markazlari hamda raketa va dronlarni uçiriş infratuzilmasiga hujum qilgan.
Eron davlat ommaviy axborot vositalari xabar berişiça, zarbalardan biri Keşm orolidagi turar joy hududiga ham tegib, kamida uç kişi halok bölgan.













