AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida AQŞ va Isroil Eronga qarşi yangi harbiy zarbalarni vaqtinça amalga oşirmasligini ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, AQŞ Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaşga töliq tayyor bölgan. Biroq Eron hamda Yaqin Şarqning boşqa davlatlari Vaşingtondan hujumni amalga oşirmaslikni söragan. Trampning ta’kidlaşiça, bunga Eron bilan ehtimoliy kelişuvning asosiy parametrlari böyiça kelişuvga erişilgani sabab bölgan.

AQŞ prezidentining qayd etişiça, ehtimoliy kelişuv ikki asosiy talabni öz içiga oladi. Ular - Hörmuz böğozini zudlik bilan töliq oçiş hamda Eronning yadroviy dasturidan kelib çiqadigan tahdidni bartaraf etişdir.

«Uşbu murojaatni inobatga olib va butun dunyo kelajagi manfaatlarini hisobga olgan holda, şuningdek, barqaror va farovon Eronni köriş istagida men hujumni bekor qilişga rozi böldim. Biroq bu kelişuv tez orada imzolanişi şarti bilan amalga oşadi. Isroil ham uşbu yondaşuvni qöllab-quvvatlamoqda», - deb yozdi Tramp.

Şu bilan birga, The Wall Street Journal naşri manbalarga tayanib xabar berişiça, Tramp avvalroq Eronni yon berişga majburlaş maqsadida yangi harbiy zarbalar seriyasiga ruxsat bergan. Biroq diplomatik muzokaralarda ijobiy siljiş kuzatilsa, AQŞ prezidenti uşbu qarorni qayta körib çiqişi va muzokaralarga qaytişi mumkin.

CBS News telekanali ma’lumotiga köra, AQŞ va Isroil Eronning energetika infratuzilmasiga qarşi birgalikda hujum uyuştirişni rejalaştirgan. Rejaga muvofiq, asosiy nişonlar sifatida neftni qayta işlaş zavodlari hamda elektr stansiyalari belgilangan bölib, harbiy operatsiya butun dam oliş kunlari davom etişi mumkin edi.