"VKontakte" ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov tvitterda unga Google’dan yuborilgan ogohlantiriş skrinşotini joylaştirdi. Ogohlantiriş matniga köra, "davlat bilan boğlangan xakerlar Durovning elektron poçtasini buzişga harakat qilayotgan bölişlari mumkinligi" aytilgan.
Xabar mualliflari bunday buzib kirişga urinişlar Gmail elektron poçta xizmati foydalanuvçilarining 0,1 foizdan kamroği bilan yuz berişini va xavotirlar örinsiz bölişi mumkinligini ta'kidlab ötganlar.
Telegram asosçisi esa muhim narsalar uçun heç qaçon Gmail’ni işlatmasligini, biroq "bundan negadir ajablanmayotganini" ma'lum qilgan.











