«Barselona» rasmiy sayti 2017/2018 yilgi mavsum uçun uy libosini namoyiş etdi.

Yangi formada klubning yangi titul homiysi - Rakuten logotipi tuşirilgan böladi. Formalar odatdagi kabi Nike tomonidan tayyorlanadi.

Asosiy forma odatdagi kök-anor ranglarda, ikkinçi va uçinçi formalarning dizayni hozirça ma'lum qilinmadi.

Eslatib ötamiz, tomonlar ötgan yil dekabrida 2017/18 yilgi mavsumdan kuçga kiradigan qiymati 240 million dollarga teng 4 yillik şartnoma imzolagandi.

2013 yildan buyon «Barselona» klubining titul homiysi Qatar Airways kompaniyasi bölib kelayotgandi.