Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi Toshkentga keldi
2017 yilning 29 may kuni Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga bank vitse-prezidenti Vasil Hudak boshchilik qilmoqda. Yevropa investitsiya banki vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, qator vazirlik va idoralarda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki ayni damda YeI banki rolini egallab, jahondagi eng yirik kredit beruvchilardan biri sanaladi. Bankning taqdim etuvchi kreditlari umumiy portfeli 71,7 milliard yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
19:57 / 18.03.2026
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi
10:12 / 18.03.2026
Toshkentda yuzlab xaridorlar ulush kiritgan “novostroyka” quruvchining bankdan qarzi sabab auksionga chiqarildi
21:07 / 17.03.2026