Vazirlar Mahkamasining 19.05.2017 yildagi 299-son qarori bilan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uçun xizmat uy-joylarini quriş, taqsimlaş, foydalaniş, saqlaş va ta'mirlaşni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
 
Xizmat uy-joylari namunali loyihalar asosida quriladi:

•  0,06 gektar yer uçastkasida joylaşadigan 1 qavatli 5 xonali uy-joylar — Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari uçun;

•  0,04 gektar yer uçastkasida joylaşadigan va hovlisida qöşimça binolari bölgan 2 qavatli 4 xonali uy-joylar — tuman (şahar) hokimliklari rahbarlari uçun.
 
Bunda u mahalliy byudjyet mablağlari hisobiga mebel, maişiy texnika va boşqa xöjalik jihozlari bilan jihozlanadi.
 
Uy-joylarni joylardagi ijro hokimiyatining tegişli organlari birinçi rahbarlari taqsimlaydi. Xizmat uy-joyiga order xizmat uyiga joylaşiş va beğaraz foydalaniş böyiça şartnoma tuziş uçun  asos böladi.
 
Xizmat uy-joylari bölinmaydi, almaştirilmaydi va xususiylaştirilmaydi. Ulardan belgilangan maqsaddan taşqari foydalaniş yoki ularni ijaraga beriş taqiqlanadi.
 
Körsatiladigan UJKX xizmatlari uçun tölovlar xizmat uy-joylarida yaşayotgan davlat xizmatçilari yoki ularning oila a'zolari tomonidan öz mablağlari hisobidan yoki iş haqidan uşlab qoliş yöli bilan tölanadi.
 
Amaldorlar öz lavozimidan ketgandan keyin xizmat uy-joylarini böşatişi lozim.