2017 yil 27 may kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining öninçi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boşqa taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. 

Senatorlar işni «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga özgartişlar kiritiş töğrisida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)»gi Özbekiston Respublikasining qonunini körib çiqişdan boşladi.

Qonun 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan sud-huquq sohasini isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kengaytiriş, ularning odil sudlovga erişiş darajasini, odil sudlovni amalga oşiriş samaradorligi va sifatini oşiriş, sudyalar lavozimiga nomzodlarni tanlaş va tayinlaş tizimini yanada takomillaştiriş, şuningdek, tabiatni muhofaza qiliş va ekologik xavfsizlikni ta'minlaş çora-tadbirlarini kuçaytiriş vazifalarini röyobga çiqarişga qaratilgan prinsipial qoidalardan iboratdir. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi farmoni bilan Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi etib qayta taşkil etildi hamda u öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berişi belgilab qöyildi. 

Asosiy qomusning 80-moddasiga kiritilayotgan özgartişlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasining raisini tayinlaş hamda uni lavozimidan ozod etişni, şuningdek, Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining hisobotini eşitişni Oliy Majlis Senatining vakolatlaridan çiqariş nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga kiritilgan tuzatişlarga muvofiq Konstitutsiyaviy sud Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan Sudyalar oliy kengaşi tavsiya etgan şaxslar orasidan, Qoraqalpoğiston Respublikasining vakilini qöşgan holda saylanadi. 

Asosiy qomusning 108- va 109-moddalariga kiritilayotgan tuzatişlarda konstitutsiyaviy qonunlarning, xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunlarning imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşiriş, Oliy sudning muayyan işda qöllanilişi lozim bölgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisida sudlar taşabbusi bilan kiritilgan murojaatlarini körib çiqiş, şuningdek, har yili Oliy Majlis palatalariga va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisida axborot taqdim etiş borasidagi Konstitutsiyaviy sudning vakolatlarini kengaytiriş nazarda tutilmoqda. 

Senatorlarning fikriça, uşbu özgartiş va qöşimçalar ekologiya va atrof-muhit sohasidagi davlat boşqaruvi tizimini takomillaştirişga, şuningdek, Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini va nufuzini oşirişga kömaklaşadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.