Şimoliy Koreya 29 may kuni mahalliy vaqt bilan tongda oxirgi 2 hafta içidagi uçinçi ballistik raketani uçirdi. Avvalgi raketalar 14 va 21 may kunlari uçirilgandi. 

Oxirgi raketa Şimoliy Koreyaning şarqidagi Vonsan şahri yaqinidan uçirilgan. Yaponiya va AQŞ rasmiy şaxslarining ma'lumotlariga köra, raketa 6 daqiqalik parvozi vaqtida 450 km masofa uçib ötib, Yapon dengiziga, Yaponiyaning Simane prefekturasidagi Oki orolidan 300 km uzoqlikda Yaponiya iqtisodiy hududiga tuşgan. Raketaning parvoz balandligi 100 km ni taşkil qilgan. 

Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylarining taxminiça, "Skad" turidagi örta masofalarga möljallangan raketa uçirilgan.

Şu munosabat bilan Yaponiya taşqi işlar vaziri Fumio Kisida jurnalistlarga Yaponiya AQŞ va Janubiy Koreya bilan BMT Xavfsizlik kengaşi doirasida özaro harakatlarni boşlaganini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, Şimoliy Koreya atrofidagi vaziyat u tomondan Xitoy davlat kengaşining taşqi siyosiy işlar uçun mas'ul a'zosi Yan Tszeçi bilan muhokama qilinadi. Tszeçi 29 may kuni Tokioga taşrif buyuradi.   

Janubiy Koreya taşqi işlar vazirligi raketa uçirilişini BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasining oçiqçasiga buzilişi deb atadi va Şimoliy Koreyaga nisbatan "qat'iy çoralar" körişga va'da berdi.  

Şimoliy Koreya oxirgi vaqt bir haftalik oraliq bilan raketalar uçirmoqda. Har bir sinovda turli tipdagi raketa sinalmoqda. 14 may kuni parvoz balandligi 2111 km va uçiş uzoqligi 787 km ni taşkil qilgan "Xvanson-12" raketasi uçirilgandi. U Yaponiyaning iqtisodiy hududidan ötib ketib, Yapon dengiziga tuşgan. 2000 km parvoz balandligiga Şimoliy Koreya tomondan ilk marotaba erişilgan.

21 may kuni Şimoliy Koreya yana bir sinov ötkazgan. Bu safar quruqlikdan otiş uçun qayta işlangan, suv osti kemalari uçun möljallangan "Pukkikson-2" ballistik raketasi uçirilgan. Pukçxandan uçirilgan raketa 500 km uçib ötib, Koreya yarim orolidan 350 km uzoqlikda Yapon dengiziga tuşgan.