Janubiy koreyalik harbiylar Şimoliy Koreya raketa uçirganini ma'lum qilişdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In şu munosabat bilan xavfsizlik kengaşini çaqirtirişga buyruq bergan.  

Janubiy Koreya ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi noma'lum turdagi raketa Şimoliy Koreyaning Vonsan şahri yaqinidan şarqiy tomon uçirilganini ma'lum qilgan. Qömitaning ma'lum qilişiça, raketa 450 km uçib ötgan va u örta va kiçik masofalarga möljallangan raketa sifatida tasniflangan. 

Tokioda raketa Yaponiya iqtisodiy hududiga tuşgani ma'lum qilingan.  

AQŞ harbiylari ham raketa uçirilganini qayd qilişgan. AQŞning Tinç okeani qömondonligining (PACOM) ma'lumotlariga köra, raketa Toşkent vaqti bilan 29 may soat 01:40larda uçirilgan. 

"Raketa Yapon dengiziga tuşgunça 6 daqiqa davomida kuzatib borilgan", deyilgan xabarda.

"Şimoliy Amerika havo-koinot mudofaasi qömondonligining baholaşiça, Şimoliy Koreya raketasi Şimoliy Amerikaga xavf solmagan", deb aytildi PACOM’da.

Tokio raketa uçirilişi munosabati bilan öz noroziligini bildirdi.