AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida KXDR hukumati tomonidan ballistik raketaning uçirilişi haqida öz fikrini bildirdi.
«Şimoliy Koreya öz qöşnisi, Xitoyga, yana bir ballistik raketani uçirib katta hurmatsizlik qildi», - deya yozdi u.
Şu bilan birga, prezidentning ta'kidlaşiça, «Xitoy juda qattiq harakat qilmoqda». U Xitoyning KXDR bilan muloqot imkoniyatini ta'minlaş borasidagi va'dasini nazarda tutgan.












