«O‘zbekiston 24» teleradiokanali qachon ishga tushishi ma'lum bo‘ldi

Foto: O‘zMTRK
Milliy teleradiokompaniya tarkibida tashkil etilgan yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma'lum bo‘ldi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, telekanal ochilishi uchun ramziy ma'noda 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni tanlangan.
Telekanalga Ozod Hamidxo‘jayev direktor etib tasdiqlangan. U ko‘p yillarda «O‘zbekiston» telekanalida «Tahlilnoma» ko‘rsatuvini olib borgan. Unga «Axborot» dasturida ishlab kelgan Rahim Mahkamov va Haydar Hasanov o‘rinbosar etib tayinlangan.
Bundan oldinroq «Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopilishi, barcha yangiliklar «O‘zbekiston 24» telekanalida bo‘lishi ma'lum qilingandi.
Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.
Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.
Prezident qarori bilan «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali tugatilib, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tgan.
«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

18:36 / 17.01.2024
«Jurnalist – tahdidlarga qarshi yaxlit va yagona kuch» - faollar prezidentning milliy kontent yaratishga oid chaqirig‘i haqida

22:56 / 30.05.2020
Deputat: «O‘zbekiston 24» o‘zgarishi shart

17:28 / 27.06.2019
Andijonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

16:00 / 27.06.2019