Luis Enrikedan böşab qolgan «Barselona» boş murabbiyi lavozimini Ernesto Valverde egalladi. Murabbiyni rasman taniştiriş marosimi 1 iyun kuni bölib ötadi.

Valverdening klub ruliga kelayotgani haqidagi xabar bir hafta muqaddam çiqib bölgan, mutaxassisning özi Bilbaoning «Atletik» klubini tark etgandi. «Barselona» Ispaniya kubogida zafar quçib, Luis Enrike klub bilan xayrlaşgaç, jamoa prezidenti Xosep Mariya Bartomeu maxsus matbuot anjumanida Valverdening taşrifi haqida rasman ma'lum qildi.

«Barselona» yana bir sobiq futbolçisini murabbiy qildi

«Barselona» eng kam muhokama qilingan variantni tanladi. Muxlislar Sampaolining kelişiga intiq bölişdi, futbolçilar Luis Enrikening yordamçisi – Xuan Karlos Unsue nomzodini istaşdi, ammo uçinçi nom tanlandi. U öz klubida tinçgina işlab kelmoqda edi. Luçoning örnini qattiqqöl bask Ernesto Valverde egalladi, holbuki Ispaniyadan taşqarida uni deyarli tanişmaydi. Ammo bu uzoqqa çözilmasligi aniq.

Bundan heç kim xafa bölayotgani yöq. Enrikening konspektlari yaxşi — ammo uning assistenti nima yangilik bera olardi? Sampaolining hujumkor öyinga fanatlarça iştiyoqi – ahamiyatli, ammo Enrike ham bir neça marta hujumdagi rang-barang sxemalari bilan undan kam joyi yöqligini körsatib bermaganmidi? U qöllaydigan sxemalar «Barsa»ning muammolarini bartaraf eta olarmidi? Ha, Sampaoli kelsa, jamoa öyinida hujumda yangi variantlar paydo bölardi, bundan ortiq yana nima? Jamoaning muammosi töp bilan harakat vaqtida emas, töpsiz harakatlanganda paydo böladi-ku.

Valverde Kruiffning şogirdi

Valverdening «Atletik»i momaqaldiroq bölib pressing qiladi. Bu «Barsa» uçun juda mos öyin uslubi. Luis Enrike davrida klub tez-tez qoqilardi, basklarga qarşi Superkubok uçraşuvini eslang. Raqib «Sevilya»ga qarşi öyinda toliqqan kataloniyaliklarning oğriqli nuqtalariga bosim ötkazgandi. Valverde töp olib qöyilgaç, kataloniyaliklarning himoyadagi 3 futbolçisiga qarşi basklarning 4 futbolçisi çiqib boradigan markazdan hujum uslubini qöllagandi (2015-16 yilgi mavsumda öşa öyinlarning birinçisida basklar 4:0 hisobida ğalaba qilgan, ikkinçi uçraşuvda 1:1 - tahr). Yakunlangan mavsumda u kataloniyaliklarga qarşi navbatdagi öyin oldidan şunday degandi: «Biz «Barselona»ga qarşi yuqori darajadagi pressing qöllaymiz, biz hamişa şunday qilamiz, axir bu ularga qarşi turişning eng töğri yöli».