Falastin rahbariyati Ramazon oyida ajraşişlarni taqiqlab qöydi. Bunday qaror Falastin ma'muriyati rahbarining islom masalalari böyiça maslahatçisi, muxtoriyatning boş sudyasi Mahmud al-Hişoş tomondan qabul qilindi.

Iordanning Ğarbiy sohilidagi barça şariat sudyalariga yöllangan qarorda "er-xotinlar orasida ajraşişlarni, ular qanday körinişda berilişidan qat'iy nazar, qayd qiliş taqiqlanişi" zarurligi aytilgan. Ajraşişlar böyiça barça arizalar Ramazon oyining tugaşigaça qabul qilinmaydi. 

Ortga surib bölmaydigan juda jiddiy holatlar bundan mustasno böladi. Bunda er va xotinning ikkisi ham oila işlari böyiça mahalliy komissiyaga oila riştalari uzilayotganining sababi tuşuntirilgan va ajraşişni ortga surib bölmasligiga dalillar keltirilgan yozma ariza taqdim qilişlari kerak böladi.

Al-Hişoşning aytişiça, bu qaror köp yillik tajriba va mahalliy şariat sudlarining Ramazon oyidagi amaliyotidan kelib çiqib qabul qilindi. Al-Hişoşning tuşuntirişiça, köpçilik musulmonlar Ramazon oyida röza tutişlari sababli kunning yoruğ qismida taom tanovul qiliş, suv içiş, tamaki çekişda özlarini çeklaydilar va buning oqibatida "beqarorroq" holatda böladilar. Aynan şunday vaziyatda ajraşiş borasida köplab şoşma-şoşar qarorlar qabul qilinadi.