29 may kuni Fransiya va Buyuk Britaniyada kuçli dovul kuzatildi. Mahalliy meteorologlarning ma'lum qilişiça, minglab yevropaliklar tungi vaqt aql bovar qilmas darajada kuçli gumburlaş ovozlaridan uyğonib ketişgan. Internetda esa osmonda çaqmoqning alanga kabi yonib ötişi tasvirlangan lavhalar joylaştirilgan.
"Fransiyada 40 ming çaqmoq qayd qilindi, 2 soatdan keyin esa dovul Britaniyaga ötgan", deb yozdilar jurnalistlar. OAVda ma'lum qilinişiça, dovul Britaniyada Uels maydonidan kattaroq hududni qoplab olgan.
Britaniyaning Kent grafligida çaqmoq urişdan bir neça uyga şikast yetgan.
Yaqin kunlarda Britaniyada jala, kuçli şamollar va döl bölişi kutilmoqda.
Dovul oqibatida jabrlanganlar bor-yöqligi haqida hozirça ma'lumot berilmagan.












