Germaniya taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatini tanqid qildi hamda Qöşma Ştatlar ğarb dunyosining eng yetakçi davlati maqomini yöqotganini aytdi. Bu haqda Der Spiegel jurnali yozmoqda.
GFR TIV rahbari qoçqinlar va migratsiya muammolari böyiça davra stolida “AQŞ ğarb qadriyatlari hamjamiyatida yetakçi davlat sifatida öz maqomini yöqotganiga” işora qildi va Oq uy siyosatiga qarşi kuraşişga çaqirdi. Uning fikriça, Vaşingtonning hozirgi siyosati dunyodagi vaziyatga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Gabrielning ta'kidlaşiça, Tramp hukumat tepasiga kelgaç, xalqaro arenadagi kuçlar muvozanati özgardi. "Ğarb ança kiçiklaşdi", - deya xulosa qildi u. Vazir şuningdek yangi ma'muriyatning migratsiya va iqlim özgarişi bilan kuraş masalalari böyiça pozitsiyasini ham tanqid ostiga oldi. Uning fikriça, Oq uyning bu sohalardagi taşabbuslari mavjud muammolarni battar çuqurlaştirmoqda.
Avvalroq GFR kansleri Angela Merkel Yevropa bundan buyon boşqalarga işonib qola olmasligi, YeI davlatlari esa “taqdirni öz qöllariga olişi” darkorligi haqida ma'lum qilgandi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, London bilan döstona munosabatlarning saqlanib qolişi, hamda Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bilan tölaqonli hamkorlik tarafdori ekan.
Nemis OAV Merkelning bunday izohlarini Italiyadagi G7 sammitida Germaniya va Amerika delegatsiyalarining muvaffaqiyatsiz muzokaralari va Brexit bilan boğlagan.













