Rossiya Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saudni kutmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni taxti vorisi örinbosari, mamlakat mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon as-Saud bilan uçraşuv vaqtida aytib ötgan.

«Albatta biz Saudiya Arabistoni qiroli taşrifini kutmoqdamiz. Işonçim komilki, Saudiya Arabistoni qirolining Rossiyaga ilk taşrifi ikki mamlakat munosabatlari tarixidagi muhim qadam böladi va ikki davlat aloqalari rivoji uçun muhim signal, muhim stimulga aylanadi», — degan u.

Putin vazirdan qirolga eng yaxşi tilaklarini yetkazib qöyişini söragan.

Bundan taşqari, Rossiya rahbari Saudiya Arabistoni tomoniga neft bozorini barqarorlaştiriş yölidagi hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirgan.