21-26 may kunlari Qirğizistonning Jalolobod şahrida Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça işçi guruhlari uçraşuvi bölib ötdi.

TIV matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuv doirasida Özbekiston-Qirğiziston çegarasi uçastkalarida kameral işlar olib borildi, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirğizistonning Öş viloyati tutaşgan hududlardagi Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasida qöşma topografik va yer tuziş işlari bölib ötdi.

Muzokaralar davomida Özbekiston-Qirğiziston çegarasini delimitatsiya qiliş böyiça oraliq Şartnoma loyihasi tayyorlaş masalalari ham muhokama qilingan.

Muzokaralar yakuniga köra Bayonnoma imzolangan.

Uçraşuv konstruktiv va döstona ruhda ötgan.