Internet tarmoğida yangi «Tesla» – Model 3 interer va ekstereriga oid suratlar paydo böldi. Umumiy foydalanişdagi yölda sinovdan ötgan avtomobil Kaliforniyada fototasmalarga muhrlandi, deb yozmoqda Electrek.

Avvalroq, Ilon Mask «Tesla»ning eng arzon modeli – Model 3 – uskunalar paneliga ham, proyeksiya displeyiga ham ega bölmasligini aytgan edi. Suratlar uning sözlarini tasdiqlaydi: avtomobilning old paneli markazida bitta katta ekran bor. Şuningdek, Mask haydovçini uskunalar paneli bölişi bölmasligi «umuman qiziqtirmaydi» degandi. 

Tesla Model 3 kontsept namunasi ötgan yil aprelida namoyiş qilindi. Uning seriyali namunasi şu yil iyul oyi boşida taqdim etiladi. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yangi maşinaning kuzovi pölat va alyuminiydan böladi. U qayta quvvatlanişlarsiz 480 kmgaça harakatlana oladi. Buning uçun unga  80 kVt*soat hajmli batareya örnatiladi. Avval xabar qilinganidek, bu modelga Model S yoki Model X elektromobillariga qöyilgan 100 kVt*soat hajmli batareyalar örnatilmaydi.

Uning boşlanğiç narxi – 35 ming dollar atrofida bölişi aytilmoqda.