Rasmiy Berlin Anqara ma'muriyati manfaatlariga zid keluvçi barça narsani qöllab-quvvatlamoqda. Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğli Gabon taşqi işlar vaziri Mubele Bubeya bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda «Anadolu» axborot agentligi.

Çavuşöğli Germaniya kansleri Angela Merkelning Bundesver kuçlarini «Injirlik» aviabazasiga joylaştiriş böyiça rozilikka erişişga doir «sönggi imkoniyat» haqida bergan bayonotiga izoh berar ekan, Anqara Berlinga yon bosiş istagida emasligini bildirdi. 

Vazirning sözlariga köra, Berlin Turkiya avvalgi davlat emasligini va xorijiy davlatlar «buyurtma»si bilan harakat qilmasligini tan olişi kerak. «Agar Germaniya Anqara bilan munosabatlarni rivojlantiriş pozitsiyasidan yondaşadigan bölsa, birinçi galda, duşmanona siyosatdan voz keçişi kerak», - degan Çavuşöğli. 

«NATO sammiti doirasida Merkel bilan uçraşgan prezident Rajab Toyyib Erdöğan ikki tomonlama munosabatlardagi barça muammolarni sanadi. Bu Fathulloh Gulen terrorçilik oqimi tarafdorlarini oşkora qöllab-quvvatlaşdir. Ularning bir qismi Germaniyada boşpana topişdi. Şuningdek, Berlin Kurdiston işçi partiyasi terrorçilarining gumaştalari harakatlariga köz yummoqda. Bunda, davlat darajasida Germaniyadagi turk jamoatçiligiga tizimli bosim ötkaziş siyosati davom etmoqda», - degan Turkiya TIV rahbari. 

Turkiya taşqi işlar vazirining qayd etişiça, Germaniya parlamenti a'zolarining bugungi şartlarda «Injirlik» aviabazasiga taşrif buyurişi mumkin emas. «Kelgusida Berlin ijobiy qadamlar taşlasa, Turkiya ham şunday yöl tutadi», - degan Çavuşöğli.

Germaniya tomonining «Injirlik» aviabazasidan öz harbiy kuçlarini olib çiqişiga doir tahdidlariga fikr bildirgan Çavuşöğli, Germaniya lof urayotganini aytdi. «Bu aviabaza Turkiyaga qaraydi va barça xarajatlar Turkiya tomonidan amalga oşirilmoqda. Agar Germaniya tomoni kontingentini olib çiqişni xohlasa, biz ularning fikrini özgartirişga urinmaymiz», - deb qayd etgan Turkiya taşqi siyosat mahkamasi rahbari. 

Şu bilan birga, Çavuşöğli 5 iyun kuni Turkiyaga Germaniya taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel kelişini ma'lum qildi.